Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Turkiya Respublikasiga boradi. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara shahridagi Prezident qarorgohida o‘tkazilgan uchrashuvida so‘z borgan. 

O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamraisligidagi Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida hamda Turkiya Respublikasi elchilarining XI yillik konferensiyasida ishtirok etish uchun Anqara shahriga kelgan Abdulaziz Komilov Prezident Erdo‘g‘an bilan O‘zbekiston rahbarining Turkiyaga tashrifini muhokama qilgan. 

Qayd etlishicha, joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Ayni vaqtda mazkur tadbirga tayyorgarlik jarayonlari bormoqda. 

Shuni alohida qayd etish kerakki, 2016 yildan boshlab O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochildi. 2016 yilning noyabr oyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 

Ayniqsa, ikki davlat rahbarlarining 2018 yilning 30-31 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonda o‘tkazgan uchrashuvlari tarixiy munosabatlarda yangi ahamiyat kasb etdi. Bunda 24 ta hujjat imzolandi

Abdulaziz Komilov va Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvida oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston – Turkiya muloqoti,  ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlar bilan shakllangan ishonch,  o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali so‘nggi muloqot joriy yilning 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing