Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda savdo, mashinasozlik, energetika, qazib olish sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, transport, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlar hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

Tojikiston Bosh vaziri ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak sammitiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga, shuningdek, birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni mustahkamlashga bor kuch-g‘ayratini qaratishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston Mirziyoev Rahmon

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing