Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga amaliy safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Davlat rahbari Farg‘onaga ikki kunlik safari davomida Qo‘shtepa tumanidagi “Tursunov Yusufjon yeri” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Shundan so‘ng, Prezident Toshloq tumanidagi “Uz-Segang” qo‘shma korxonasida ish jarayoni bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona tumanida ham bo‘lib, loyiha qiymati 15 million dollar bo‘lgan “Ekokerama” MCHJ faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Prezident tashrifining birinchi kunini Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazini borib ko‘rish bilan yakunladi.

Bugun esa Farg‘onada viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda davlat rahbari So‘xdagi mojarolarga munosabat bildirdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Unga ko‘ra, yil oxirigacha 43 ming oilani kambag‘allikdan olib chiqish belgilandi.

Tashrifi so‘ngida davlat rahbari Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetida bo‘lib, universitet rektori va koreyalik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing