Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
7609O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Bugun, 2 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kengesning yangi raisi etib saylandi.
Shavkat Mirziyoyev safari vaqtida Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi.
Bundan tashqari, Prezident Nukus shahridagi “Qoraqalpoq baliq sanoat” MCHJ faoliyati va qishloq xo‘jaligidagi loyihalar bilan tanishdi.
Davlat rahbari Nukus shahrida 2021 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylar va IT-park qurilishini borib ko‘rdi.
LiveBarchasi