Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi urush faxriylari pansionatiga borishi kutilyapti
Jamiyat
−
06 mart 2021
8166O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Urush va mehnat faxriylari pansionatiga borishi kutilyapti. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbamiz bergan ma’lumotga ko‘ra, davlat rahbari Qora qamish dahasidagi pansionatga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayollarni tabriklash va ular bilan muloqot qilish uchun boradi.
Hozirda pansionat joylashgan hududda Prezidentning kelishiga tayyorgarlik ko‘rish boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Bayramda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi