Shavkat Mirziyoyev Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarda mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.

Ushbu 9 qavatli uylarda 208 ta xonadon bor. Bino fasadi uch qoplamadan iborat bo‘lib, uylar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Har bir xonadon alohida isitish qozoni bilan jihozlangan. Birinchi qavatda savdo va servis shoxobchalari joylashgan.

Uylarga xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgan. U yerda elektr, gaz, lift va santexnika ustalari navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, kompaniya huzurida o‘quv markazi ham bo‘lib, yoshlar ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadigan ishchi kasblarni o‘rganishi mumkin.

Bu yerga ilk oilalar ko‘chib kela boshladi. Ularning ayrimlari xonadonlarni davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida olgan.

Davlat rahbari shunday ikki oila - Nargiza Rahimova hamda Farruh Egamovning xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

"Siyosatimizning eng katta talabi mahallalarda yurib, odamlarning muammolarini eshitib, ularni hal etish. Bugun ham Surxondaryo bo‘yicha katta rejalar belgiladik. Hammasining tagida bitta narsa - inson manfaati bor. Endi bu uylarni aholiga adolatli berish kerak. Adolat bo‘lsa, qadriga yetadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umuman, bu yil Surxondaryo viloyatida 3 ming 500 kvartirali ko‘p qavatli uylar quriladi. 1 ming 460 ta oilaga ipoteka uchun subsidiya beriladi.

Shu bilan Prezidentning Surxondaryoga tashrifi yakuniga yetdi. Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing