Shavkat Mirziyoyev suv omborni tiklash ishlarini shaxsan ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborda yuz bergan vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. 

Hukumat komissiyasi tuzilib, bu boradagi ishlarga barcha kuch va vositalar safarbar etildi. Suv bosgan mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlandi.

Bugun, 2 may kuni ham yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklar o‘zaro muvofiq harakat qilib, turmush sharoitlarini tiklash choralarini ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu yerda tiklash ishlari kunu tun tashkil qilingan, yuzlab qurilish va boshqa maxsus texnikalar tinimsiz ishlamoqda. Suv inshootlariga ixtisoslashgan yuqori malakali muhandislar, boshqa tutash soha va tarmoqlar ishchi va ekspertlari jalb etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sirdaryo Sardoba

Baholaganlar

291

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing