Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
23 may 3303 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohatlangani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy shimolida joylashgan ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 82 kishi halok bo‘lgani, yana 9 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Si Szinpin hodisa yuzasidan zudlik bilan chora ko‘rishni, jabrlanganlarga yordam berish hamda bedarak yo‘qolganlarni qidirishni topshirgan. Shuningdek, u voqea sabablari to‘liq o‘rganilib, aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini bildirgan.
Live
Barchasi