Putin Mirziyoyevga Xitoyga safari taassurotlarini aytib berdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

“Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Kreml matbuot xizmati Vladimir Putin suhbat davomida Xitoy rahbariyati bilan yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilingan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Putin may oyida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Putinning saylovdan keyingi dastlabki tashriflardan biri O‘zbekistonga bo‘lishini, ushbu tashrifga “juda jiddiy” tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi.  Putinning saylovdan keyingi ilk xorijiy safari 16-17 may kunlari Xitoyda bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made