Shavkat Mirziyoyev Pokiston Qurolli kuchlari qo‘mondonini qabul qildi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2023
4191Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida general Asim Munir davlat rahbariga Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Anvar Kakarning salomini yetkazgan. So‘ngra, O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Suhbatda ilgari qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq o‘zaro savdoning yuqori o‘sish sur’atini davom ettirish, infratuzilmaviy loyihalarni tezlashtirish hamda ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikrlar almashilgan hamda “Termiz – Mozori-Sharif – Peshovar” temir yo‘lini barpo etish loyihasini ilgari surish maqsadida amaliy harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi