Shavkat Mirziyoyev pandemiya davriga aloqador yana bir qaror imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.

Yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing