Shavkat Mirziyoyev “Otan korg‘aushilar” monumentiga gul qo‘ydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nur-Sulton shahridagi "Otan korg‘aushilar" ("Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ydi. 

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Monument markazida Vatan timsoli - ona tasvirlangan.

An’anaga ko‘ra, xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradilar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

58

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing