Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun bugun, 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Tadbirda mintaqa mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 12-14 oktyabr kunlari Qozog‘istonga safar qilgandi. Tashrif davomida davlat rahbari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” Sammitida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing