Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga kelishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Olmazor tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbamiz bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun tumanga keladi.

Rustam Qosimov Olmazor tumanidagi “Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahallasida yashagan. U “G‘oyib ota” mozoriga dafn etiladi.

Avvalroq, Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov og‘ir kasallikdan vafot etgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Rustam Sobirovich Qosimov 1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Qosimov 2017-2018 yillarda Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan. 2018 yil Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida foliyat yuritgan. U 2019 yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor sifatida ham ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing