Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
Jamiyat
−
09 noyabr 2022
10499Bugun, 9 noyabr kuni Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasining qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Prezident Mirziyoyev so‘zining avvalida barchani ushbu tarixiy voqea bilan tabriklab, loyihaning ahamiyati haqida gapirgan.
“Bizning o‘z yo‘limiz, niyatlarimiz, rejalarimiz bor. Bugun qilayotgan tarixiy ishlarimiz o‘zining katta natijasini berishiga ishonamiz. Ana shu ishonch bizga kuch-qudrat beradi”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Olimpiya shaharchasi o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyati va o‘zbek sportining yutuqlarining ramzi bo‘ilishiga ishonch bildirgan.
“Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o‘zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishiga ishonaman. Bu maskan me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg‘or innovasion yechimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo‘ladi”, degan O‘zbekiston yetakchisi.
Qayd etish kerakki, Olimpiya shaharchasi loyihachisi Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi hisoblanadi.
So‘nggi besh yilda sport sohasiga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yirik inshoot foydalanishga topshirilgan va 110 tasi rekonstruksiya qilingan.
2025 yilda Toshkentda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Musobaqalarda Osiyoning 45 mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi. Bunday nufuzli xalqaro musobaqa O‘zbekiston tarixida birinchi marta tashkil etiladi.
LiveBarchasi