Shavkat Mirziyoyev Namanganga boradi
Jamiyat
−
23 iyun 2455 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi.
Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurgan edi. Ikki kunlik safar dasturida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi ob’ektlari bilan tanishgan hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Live
Barchasi