Mirziyoyev bugun Namanganga boradi
Jamiyat
−
16 Sentabr 3474 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi ob’ektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, davlat rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanining Chimyon mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bog‘ini borib ko‘rgandi.
Live
Barchasi