Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Tojikistonga boradimi?
Olam
−
06 iyun 2019
4657Joriy yilning 14-15 iyun kunlari Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) davlatlari yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AP xabar berdi.
Sammitda qatnashish uchun Ozarbayjon, Afg‘oniston, Bahrayn, Vetnam, Misr, Hindiston, Iroq, Isroil, Qozog‘iston, Kambodja, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Falastin, Rossiya, Tailand, Turkiya va O‘zbekistondan oliy martabali delegatsiyalarning Tojikistonga tashrifi kutilyapti.
Tojikiston poytaxtining OHICHK sammitiga tayyorgarligini shaxsan Dushanbe meri Rustam Imomali nazoratga olgan.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash – 1992 yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning faoliyati Osiyoda tinchlik sohasida o‘zaro muloqot maydonini yaratish, qarorlar qabul qilish va kerakli choralarni amalga oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda 27 davlat OHICHK a’zosi hisoblanadi va 5 ta xalqaro tashkilot kuzatiuvchi sifatida forumda ishtirok etadi. 2014 yildan beri OHICHK bosh qarorgohi Nur-Sulton shahrida joylashgan.
LiveBarchasi