Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga bordi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Ostona shahriga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt aeroportida O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi ertaga, 22 aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing