Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti bilan muloqot qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun, 3 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Davlat rahbarlari kuni kecha Nur-Sulton shahrida o‘tgan ikki mamlakat Bosh vazirlari uchrashuvining samarali natijalarini yuksak baholagan.

“Savdo va logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida, zamonaviy transport kommunikatsiyalari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentlar parlamentlararo almashinuv kengayib borayotgani hamda ayni kunlarda Toshkent shahrida Senat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, yetakchilar Markaziy Osiyoda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

Bundan tashqari, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev To'qev

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing