Mirziyoyev bugun Samarqandga boradi
Jamiyat
−
25 noyabr 6142 1 daqiqa
Bugun, 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha farmon chiqargandi.
Live
Barchasi