Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun, 31 avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirlarda SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi va VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing