Shavkat Mirziyoyev Qatarga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Doha shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari “EKSPO Doha – 2023” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing