Shavkat Mirziyoyev G‘ofur G‘ulom bog‘iga bordi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga borib, u yerdagi odamlar bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Asadov tomonidan e’lon qilingan videolavhada Shavkat Mirziyoyevning bog‘da sayr qilayotgan fuqarolar, jumladan qashqadaryolik erkak va Parkentdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Mirziyoyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi sanoat zonasiga borgan va u yerdagi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirgandi.  Shundan so‘ng, u “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyiga bordi, u yerdan avtobusga o‘tirib, oddiy yo‘lovchilar bilan birga yo‘nalish bo‘ylab yurib ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing