Prezident Chilonzorga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Aytilishicha, Mirziyoyev sanoat zonasidagi korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirgan. Ularning har biri o‘ziga xos yo‘nalish tanlaganiga e’tibor qaratib, barcha hududlarda shunday korxonalarni tashkil etish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, u yodning inson salomatligi uchun muhimligini inobatga olib, mamlakatida yod bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Shu yerda Chilonzor tumanida sanoatni rivojlantirish rejalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan.

“Chilonzor tumanida juda katta infratuzilma, bo‘sh turgan binolar, kafolatlangan energiya resurlari bor. Faqat tadbirkorlarga mablag‘ berib, xorijiy texnologiyalar olib kelib, Chilonzorni industriya xabiga aylantirish kerak”, degan Prezident Mirziyoyev.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi iqtisodiy loyihalar ijtimoiy sohada ham natija keltirishi zarurligiga alohida to‘xtalgan. Tadbirkorlarga ko‘mak berib, faoliyatini kengaytirib, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidlagan. Bu borada boshlangan yangi dasturdan foydalanib, tumandagi 3 ming kambag‘al va 10 ming ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yilgan. Shuningdek, Prezident Chilonzor tumanidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirgan.

Ma’lumot uchun, Chilonzor sanoat zonasida bugungi kunda 510 ta korxona mavjud. Xususan, oziq-ovqat korxonasida yiliga 7 ming tonna mahsulot, shu jumladan 10 turdagi chips tayyorlanadi. Yaqinda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, mahsulotlar turi kengaytirilishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, mebelsozlik tarmog‘idagi korxonada yiliga 2 million metr kvadrat yog‘och panellar ishlab chiqarilayotgani, ularning katta qismi import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli ekani aytiladi. Funksional oziq-ovqatlar kombinatida esa yiliga 5 million quti yodlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning 30 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made