Shavkat Mirziyoyev futbolni qayerda va kim bilan ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 18 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Prezidentimiz ertangi matchni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar”, deydi Sherzod Asadov.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatdagi ilk uchrashuvi munosabati bilan barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishini belgilab berdi.

Ma’umot uchun, O‘zbekiston Jahon chempionatidagi tarixiy uchrashuv Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00da Meksikadagi “Atsteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Keyingi bahslarda esa Fabio Kannavaro shogirdlari Portugaliya (23 iyun) va Kongo Demokratik Respublikasiga (28 iyun) qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing