Shavkat Mirziyoyev fevralda Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Prezidentning tashrifi 5 fevral kuniga mo‘ljallanmoqda.   

“Biz bunga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz: Rossiya tomoni ham, O‘zbekiston tomoni ham tayyorlanmoqda. Shaxsan Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat beradi. 

Bizda aylanmaning misli ko‘rilmagan o‘sishi bor. O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot mustahkamlanmoqda”, degan Ilhom Ne’matov. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganining 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil may oyida bo‘lib o‘tadigan marosimga taklif etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing