Shavkat Mirziyoyev davlat organlari faoliyatiga doir qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma’qullangan.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 616–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 97-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 9-moddaning ikkinchi qismidagi:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;

3) 21-moddaning:

to‘rtinchi qismi o‘zbekcha matnidagi «O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “mineral va termal suvlar bo‘yicha – yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 30-moddaning ikkinchi qismidagi “hamda yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

6) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan so‘zlar “ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan so‘zlar «geologiya va mineral resurslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 10-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2017 yil, № 4, 136-modda; 2018 yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 17-modda ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqadi”;

uchinchi – to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi – o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 26-moddaning:

o‘n birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ko‘rib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi”;

o‘n ikkinchi – yigirmanchi xatboshilari tegishincha o‘n uchinchi – yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan 927–XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 164–II-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 12-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 4, 134-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2017 yil, № 6, 299-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizom”;

2) 1-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 2-moddadagi “Markaz” degan so‘z “Oliy maktab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 3-modda “maxsus unvonini” degan so‘zlardan keyin “va mansab darajasini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

5) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Mansab darajalari:

1-darajali Davlat adliya maslahatchisi

– Kengash raisiga;

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

– Oliy maktab direktoriga;

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

– Departament direktoriga, Oliy maktab direktorining o‘rinbosariga;

1-darajali adliya maslahatchisi

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining o‘rinbosariga;

2-darajali adliya maslahatchisi

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlariga va bo‘lim boshliqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi bo‘limi mudiriga, Oliy maktabning bo‘lim boshliqlariga, kafedra o‘qituvchilariga, Departamentning bo‘lim va hududiy bo‘limlari boshliqlariga;

3-darajali adliya maslahatchisi

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga,O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;

1-darajali yurist

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatsudi, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining bo‘lim boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga, arxiv mudiriga;

2-darajali yurist

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, sudyalar malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga;

3-darajali yurist

– tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi”;

6) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:

Kengashning va Oliy maktabning xodimlariga – Kengash raisi tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining devoni xodimlariga – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlarning devonlari, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Kengash raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo‘lgan mansab darajasini berishga haqli”;

7) 61-moddadagi “Markaz” degan so‘z «Oliy maktab» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Sudlarga, Kengashga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy bo‘limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga o‘tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari hisobga olingan holda beriladi”;

9) 9-moddadagi “Yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi” degan so‘zlar «Ish staji» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 10-moddadagi “Markaz” degan so‘z “Oliy maktab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

11) 11-moddadagi “Markazda” degan so‘z “Oliy maktabda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

12) 13-moddadagi “Markaz” degan so‘z “Oliy maktab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 14-moddadagi “Markaz” degan so‘z “Oliy maktab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 70-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish”;

2) 97-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“97-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish”;

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish”;

3) quyidagi mazmundagi 971-modda bilan to‘ldirilsin:

“971-modda. Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish

Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;

4) 98-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sanoatda va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi boshqa ob’ektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yo‘riqnomalarini buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;

5) 260-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“260-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 
70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 971, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:

Davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari – eng kam ish haqining o‘n besh baravarigacha miqdorda;

inspeksiyalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari – eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda;

kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari – eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari – eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda»;

6) quyidagi mazmundagi 2601-modda bilan to‘ldirilsin:

“2601-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno),

71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno),

72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:

inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari – eng kam ish haqining yuz baravarigacha miqdorda;

mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari – eng kam ish haqining yetmish baravarigacha miqdorda;

inspektorlar – eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda”;

7) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 
65-moddasining to‘rtinchi qismida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 
701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 
85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 911, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar mustasno), 
162-moddasida, 1631-moddasida (bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish ob’ektlarini va boshqa ob’ektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish mustasno), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“oltin izlovchilar usulida kavlab olish – yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish”;

2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi”;

3) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza etish bo‘yicha uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish, yer qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini tashkil etish;

foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish tartibini belgilash;

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish tartibini tasdiqlash”;

4) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan to‘ldirilsin:

“81-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

konchilik munosabatlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;

mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish yillik davlat dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarning ro‘yxatini tasdiqlash;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash;

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish”;

5) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11-modda. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi

Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo etish uchun, shuningdek nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishi lozim.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat hisobiga qo‘yilmasdan turib amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan davlat geologiya fondi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishga oid ishlar mustasno”;

6) 12-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 14-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 15-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 16-moddaning:

to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

10) 17-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kavlab olingan va kavlab olish jarayonida yo‘qotilgan foydali qazilmalarni yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi”;

11) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer qa’ridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish;

foydali qazilmalarni kavlab olish;

oltin izlovchilar usulida kavlab olish;

texnogen mineral hosilalardan foydalanish;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;

muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo qilish;

nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash”;

12) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan” degan so‘zlar “yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 23-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun – uch yil muddatga”;

to‘rtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

14) 25-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlarida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi”;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi”;

15) 26-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Litsenziya:

litsenziya egasi haqidagi ma’lumotlarni;

yer qa’ri uchastkasining nomini;

yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlardan mo‘ljallangan maqsadni;

foydalanishga berilayotgan yer qa’ri uchastkasining dastlabki ko‘rsatkichlarini;

yer qa’ridan foydalanish muddatlarini;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini o‘z ichiga olishi kerak”;

16) 27-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, oltin izlovchilar usulida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo etish hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan litsenziyalar mustasno”;

17) 28-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmalari sanoat xavfsizligini ta’minlashga doir qismida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi”;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Foydali qazilmalar konlari joylashgan joylarda yer uchastkalarining ajratmasi kon ajratmasiga muvofiq ajratiladi”;

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;

18) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ishlatilayotgan konda foydali qazilmalarning yoki qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning yangi turlari mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki xususiyatlari haqidagi, litsenziyani berish paytda noma’lum bo‘lgan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, yer qa’ridan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga foydali qazilmalarning zaxiralarini qaytadan tasdiqlash uchun geologik materiallar yuborishi shart.

Litsenziyani bergan organ yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining qarori asosida o‘zgartishlar kiritishi mumkin”;

19) 33-moddaning birinchi qismi:

to‘rtinchi xatboshisidagi “uglevodorod” degan so‘z “foydali qazilma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

o‘ninchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

20) quyidagi mazmundagi 381-modda bilan to‘ldirilsin:

“381-modda. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish

Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qa’ri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 1 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yo‘laklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yo‘l qo‘yiladigan) chuqurlikkacha beriladi.

Yer qa’ridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qo‘llash huquqiga ega.

Kimyoviy reagentlar qo‘llanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi”;

21) 42-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

22) 45-modda:

birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar “yangi aniqlangan konda foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir yil davomida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

23) 50-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati yer qa’ridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlari tomonidan, bu kabi xizmatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi”.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 69-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;

2) 106-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda”;

3) 165-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Korxonalarning, muassasalarning yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini u senatorlik majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda ishdan ozod qilishi shart. Senatorlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati a’zosiga o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili beriladi, bundan qonun hujjatlarida ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga har yilgi mehnat ta’tili, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi”.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 12-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek senatorning so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

2) 20-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin”.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 12-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

2) 20-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagivakolatli vakili ishtirok etishi mumkin”.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 14-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qonunchilik palatasining qo‘mitalaridagi qonun loyihasi muhokamalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin”;

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;

2) 32-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin;

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 321-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Qonunchilik palatasi deputatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 31-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 311-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili senatorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi”;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi 704–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

“16-modda. Deputatning va Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorning mehnat huquqlari kafolatlari

Deputatlarga, senatorlarga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolatlari muddati tugagach, deputatga, senatorga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin.

Deputat, senator ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning, senatorning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 106-moddasining 2-bandiga muvofiq bekor qilinadi.

Korxona, muassasa, tashkilot qayta tashkil etilgan yoki xodimlari soni (shtati) o‘zgargan taqdirda deputatga, senatorga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ilgarigi ish joyi bo‘yicha boshqa avvalgisiga teng lavozim beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati huquqiy voris zimmasiga yuklatiladi.

Korxona, muassasa yoki tashkilot tugatilgan taqdirda, deputatga, senatorga o‘zining roziligi bilan boshqa korxonada, muassasada yoxud tashkilotda ish (lavozim) beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi.

Saylanishiga (tayinlanishiga) qadar, lavozimlarga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan lavozimlarda ishlagan deputatlarni, senatorlarni ishga joylashtirish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, deputatga, senatorga ishdan bo‘shatish oylik nafaqasi hisobga olingan holda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.

Deputatning, senatorning vakolatlari muddati umumiy ish stajiga, xizmat muddatiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi».

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 11 oktyabrda qabul qilingan “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ–60-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 537-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar) 6-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi”.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 1 iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–249-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 6, 230-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 26-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi”.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ–353-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 9, 239-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining faoliyatini ta’minlaydi”;

2) 10-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10-modda. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi”;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi”.

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ–403-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan to‘ldirilsin:

“241-modda. Parlament nazorati sub’ektlariga Vazirlar Mahkamasining ko‘maklashishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati sub’ektlariga Vazirlar Mahkamasining ko‘maklashishini ta’minlaydi, xususan:

Davlat byudjeti loyihasining Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;

Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

zarur bo‘lganda Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini Oliy Majlis palatalari tomonidan eshitishni tashkil etish choralarini ko‘radi;

hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishni tashkil etish choralarini ko‘radi;

Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining yoki Senat a’zosining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis palatalari qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqning qo‘llanilish amaliyotini Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari tomonidan o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘radi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mazkur yo‘nalishdagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qo‘mitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishda ishtirok etadi”.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda) 208-moddasi oltinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega”.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda) 165-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega”.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda) 143-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega”.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

21-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

qonun deputat senator

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing