Shavkat Mirziyoyev Buxoroga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.

Maqbarada Qur’on tilovat etilib, Alloh taolodan O‘zbekiston xalqiga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi. Ulamolar bilan suhbatda ilmning ahamiyati, yoshlar tarbiyasi haqida so‘z bordi.

"Buxoro azaldan ilm, ma’naviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa bo‘lgan. Hech qayerdan buncha ko‘p ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda Buxoroning o‘z o‘rni bor", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ziyoratgohlarni va ularga olib boradigan yo‘llarni obod qilish, ichki turizmni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

"Ziyorat xalqimizning ajdodlarga bo‘lgan hurmatini, yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bu yerga boshqa hududlardan yangi yo‘nalishlar ochib, yoshlarni olib kelish, bilimini oshirish muhim", dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev bugun hudud rivoji bilan tanishadi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida buxorolik saylovchilar bilan uchrashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

148

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing