Shavkat Mirziyoyev AQSHda FIFA prezidenti bilan uchrashdi
Sport
−
09:36 1230 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida o‘tkazilgan Tinchlik kengashi yig‘ilishi doirasida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya, Albaniya, Armaniston, Vetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokash va boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnashgan.
G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida dastlabki sammitni chaqirgani uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti, “Tinchlik kengashi” raisi Donald Trampga minnatdorlik bildirgan.
Yig‘ilish yakunida “Tinchlik kengashi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan.
Live
Barchasi