Shavkat Mirziyoyev AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning yangi davri me’mori – “Forbes” 

Jamiyat

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda “Forbes” nashri yozmoqda

Muallif Melik Kaylan Prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusini tahlil qilib, bu jarayonda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning roliga alohida e’tibor qaratgan. 

Kaylan Mirziyoyev mintaqada biznes, chegara va savdo ochilishini faollashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalash harakatlarida markaziy shaxsga aylanganini qayd etgan. 

Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi yirik transport markaziga aylanishga intilayotgani urg‘ulangan. 

“O‘zbekiston JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. AQSH bu jarayonni keskin tezlashtirishi kerak. Tramp ma’muriyati davrida biznes kreditlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha DFC, Rivojlanishni moliyalashtirish korporatsiyasi deb nomlangan mintaqa uchun juda yaxshi tashabbus boshlandi. U Bayden davrida to‘xtab qoldi. Uni jonlantirish kerak”, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, 1974 yilda AQSHda qabul qilingan “Jekson-Venik” tuzatishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan va uning bekor qilinishi AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini normallashtirishga xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing