Shavkat Mirziyoyev AQSH Savdo vakilini qabul qildi
Jamiyat
−
19:23 464 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Jeymison Grirni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida vakil mamlakat yetakchisiga AQSH Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznesi vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatining amaliy natijalari muhokama qilingan.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida hamkorlik qilish va ushbu jarayonlar kelgusida ham AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Yangi loyihaviy tashabbuslarni aniqlash va ilgari surish uchun Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi mexanizmidan samarali foydalanish muhimligi qayd etilgan.
Live
Barchasi