Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Vengriyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Vengriyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tgan.

“Joriy yil mart oyida Toshkentda samarali fikr almashganimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bayonotni imzolaganimizdan mamnunman. Turkiy Kengash doirasidagi hamkorligimiz Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Ishontirib aytamanki, mening Hukumatim ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirib borishda har doimgidek qat’iydir.

Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida Prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo‘lishiga ishonaman”, degan Orban.

Vengriya Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga mas’uliyatli vazifani ro‘yobga chiqarishda omad va salomatlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-31 mart kunlari Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi. Tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing