“Sharmandaga shahar keng”. Toshkentda erkak yalang‘och raqsga tushdi
3-sahifa
−
10 mart
25832Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda erkak yalang‘och holatda ko‘chada yurib, raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. Jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan sharmandali voqeaga Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat bugun, 10 mart kuni Chilonzor tumani 16-mavzeda sodir bo‘lgan. 1977 yilda tug‘ilgan A.A. mast bo‘lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yalang‘och holatda yurgan.
"Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan", deyiladi xabarda.
Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida noma’lum erkak yalang‘och holda shahar bo‘ylab yurgani aks etgan video tarqalgan edi. Keyinroq esa ushbu shaxs Namanganda fabrika qorovuli bilan gap talashib, uni pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi