Sharl Mishel Rossiyaning Afrika davlatlariga 1 mln tonna don ajratish taklifini tanqid qildi
Olam
−
12 Sentabr 2023 8201 1 daqiqa
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Rossiya, Turkiya va Qatarning Afrika davlatlariga 1 million tonna Rossiya donini yetkazib berish tashabbusini tanqid qildi. Bu haqda u Hindistondagi G20 sammitida aytib o‘tdi.
Siyosatchining aytishicha, don yo‘lagi 30 million tonna Ukraina donini eng qashshoq mamlakatlarga eksport qilish imkonini bergan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, eng kambag‘al va o‘rtacha daromadli davlatlar don bitimi doirasida bug‘doyning 40 foizini olgan. Rossiya tomoni esa ushbu ko‘rsatkich atigi 3 foiz ekanini bildirgan.
“Qora dengiz kelishuvi 30 million tonna donni asosan qashshoq mamlakatlarga eksport qilish imkonini berdi. “Birdamlik yo‘laklari” – Yevropa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan muqobil yo‘llar orqali allaqachon 40 million tonna g‘allani ehtiyojmand davlatlarga yetkazib berish mumkin. Shuni bila turib Rossiyaning qo‘llayotgan “saxovatpeshalik” siyosati, Afrika mamlakatlariga nisbatan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, don shartnomasi (Qora dengiz tashabbusi) 2022 yil iyul oyida Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT tomonidan kelishilgan. Bitim ikki qismdan iborat edi: Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan Ukraina g‘allasini xavfsiz eksport qilish to‘g‘risidagi kelishuv, shuningdek, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarining jahon bozoriga kirishiga cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha RF-BMT memorandumi.
Live
Barchasi