“Sharq taronalari” festivalini o‘tkazish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
27 aprel 2019
5657O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;
- tanlov va festivallarda qatnashganligi;
- madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;
- yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori joriy yilning fevral oyida qabul qilingandi.
LiveBarchasi