Shanxayga so‘nggi 75 yildagi eng kuchli to‘fon yopirildi

Olam

image

Xitoyning sharqiga so‘nggi 75 yildagi eng kuchli to‘fon yopirildi. Bu haqda “Shanghai Daily” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Bebinka” deb nomlanuvchi to‘fon Xitoyda 1949 yildan beri sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar ichidagi eng kuchli to‘fon bo‘lgan.

Xitoy markaziy meteorologiya boshqarmasining xabar berishicha, ”Bebinka” to‘foni Pudun yangi tumani va Chjetszyan provinsiyasining Chjoushan shahri o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Xavfsizlik chorasi sifatida shaharning ikkita aeroporti, jumladan, Shanxay Pudun va Hongqiao xalqaro aeroporti joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 20:00 dan keyin barcha reyslarni bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, 1949 va 2023 yillar oralig‘ida Shanxayga jami 10 ta tayfun sodir bo‘lgan, ularning aksariyati shaharga yetib kelganda tropik bo‘ron darajasiga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamda bir necha kundan beri davom etayotgan “Yagi” to‘foni oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 200 ga yaqinlashgan, 125 kishi bedarak yo‘qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'fon Shanxay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing