Dahshatli Ragasa to‘foni Xitoyga ham yetib bordi
Olam
−
24 Sentabr 4364 1 daqiqa
Xitoy janubidagi Ragasa to‘foni tufayli 1,8 million kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqida “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilishicha, epitsentr yaqinida sekundiga maksimal 40 metr tezlikdagi havo oqimini yuzaga keltiradigan Ragasa to‘foni Yanszyan shahridagi Xaylin oroliga yetib borgan. Kecha, 23 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 holatiga ko‘ra, viloyat bo‘ylab 1,89 milliondan ortiq aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, Ragasa g‘arbga soatiga taxminan 20 kilometr tezlikda harakat qilishda davom etadi va asta-sekin zaiflashadi.
CCTV’ga ko‘ra, viloyat hokimiyati yaqinlashib kelayotgan “Ragasa” tufayli favqulodda vaziyatning eng yuqori darajasi joriy etilgan. Maktablar, ishlab chiqarish va jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan.
Ob-havo byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, “Ragasa” Filippin hududini tark etayotganda kuchini saqlab qolgan. Shamolning barqaror tezligi 185 km/soatgacha, ayrim vaqtlarda esa 230 km/soatgacha yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvanning Xualyan tumanida to‘g‘on yorilishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgandi. Xualyan shahridagi ko‘chkilar tufayli hosil bo‘lgan ko‘l Ragasa to‘foni olib kelgan kuchli yog‘ingarchilik sababli qirg‘og‘idan toshib ketgan va Guanfou qishlog‘ini suv bosib, oqim qishloqni vayron qilgan yedi.
Mohichehra Qadamova