Xitoyda dunyodagi eng yirik “legobog‘” qurildi (video)

Olam

image

Xitoyning Shanxay shahrida qiymati 550 million dollarlik sayyoradagi eng katta Legoland attraksionlar bog‘i ochilmoqda. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bog‘ni to‘liq ishga tushirish joriy yilning 5 iyuliga mo‘ljallangan, biroq tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. Yangi majmua shaharning janubi-g‘arbiy qismida, Szinshan tumanida joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 550 million dollarni tashkil etgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yerga yiliga 2,5 million kishigacha mehmon tashrif buyurishi mumkin.

Bog‘ning maydoni 30 gektardan ortiq. Uning hududida har biri o‘z syujeti, bezagi va faoliyat turlariga ega bo‘lgan sakkizta zona barpo etilgan. U yerda faqat klassik attraksionlar – tepaliklar va aylanma arg‘imchoqlar emas, balki ko‘pchilik inshootlar inson harakatlariga javob qaytaradi: mexanizmlarni ishga tushirish, konstruksiyalar yig‘ish, animatsion personajlar bilan muloqot qilish mumkin. Jonli elementlar LEGO detallardan yasalgan inshootlar va haykallar bilan o‘ralgan. Ularning umumiy soni 85 milliondan ortiq bo‘lib, bir qismi ichki sensorlar va LED chiroqlar yordamida boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat shimolidagi Jammu va Kashmir viloyatida Chenab daryosi ustidagi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigida harakatni ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Shanxay Legoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing