Shaxsiy tomorqa egalari soliq to‘lab, ish stajiga ega bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
17 iyun 2023
6532Endilikda ixtiyoriy ravishda soliq to‘lagan shaxsiy tomorqa egalariga ish staji hisoblanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 16 iyun kuni imzolangan qonunda keltirilgan.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’iy nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Shuningdek, ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa, ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan edi. Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.
LiveBarchasi