Shahobiddin finalga chiqdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatning yarim final bellashuvlarida

52 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov terma jamoa vakillaridan birinchi bo‘lib final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Fransiya vakili Belal Bennama bilan bahs olib borgan Shahobiddin o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanini isbotlab berdi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan O‘zbekiston vakilini g‘olib deb topdi (5:0).

U endi oltin medal uchun kechadigan bahsda Saken Bibissonov (Qozog‘iston) va Amit (Hindiston) o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Kun davomida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final janglarini o‘tkazadi:
57 kilogramm: Miraziz Mirzaxalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Mo‘g‘uliston) (19:15)
69 kilogramm: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
81 kilogramm Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).

Final janglari ertaga, 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

final Shahobiddin

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing