Shaxmat. JCHda yarim finalga yo‘l olgan Abdusattorovning raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Islandiya poytaxti Reykyavikda shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasi davom etmoqda. Nufuzli turnirda O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kechagi bahslarda Nodirbek rossiyalik Yan Nepomnyashiyni ikkala partiyada ham mag‘lubiyatga uchratdi. Abdusattorov AQSH vakili Uesli So bilan kechgan bahslarda esa durang va mag‘lubiyatga imzo chekib, umumiy 10 ochko bilan guruh g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Natijalarga ko‘ra A guruhida yetakchi bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov B guruhida 2-o‘rinni egallagan Xikaru Nakamuraga qarshi yarim final bahsida dona suradi. Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen esa Yan Nepomnyashiy bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Bugun musobaqada dam olish kuni hisoblanadi. Ertaga, 29 oktyabr kuni Jahon chempionatining finalchilari ma’lum bo‘ladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing