Shaxmat. Yirik musobaqada Abdusattorov 4-o‘rinni egalladi

Sport

image

Islandiya poytaxti Reykyavik shahri mezbonlik qilgan "Fischer Random World Championship" musobaqasi yakunlandi. Musobaqani juda muvaffaqiyatli boshlagan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda 4-o‘rin bilan cheklandi.

Yarim finalda amerikalik Xikaru Nakamuraga imkoniyatni boy bergan Nodirbek 3-o‘rin uchun bahsda norvegiyalik Magnus Karlsen bilan to‘qnash keldi. Karlsenga qarshi dastlabki partiyani g‘alaba bilan boshlagan Abdusattorov qolgan partiyalarda mag‘lubiyatni qabul qilib oldi - 1:3. Shunday qilib Abdusattorov Jahon chempionatining 4-o‘rinini qo‘lga kiritib, 40 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi.

Turnirning finalida FIDE bayrog‘i ostida qatnashayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi dona surdi. 4 partiya davomida tomonlar 2:2 hisobidagi durang qayd etishdi. Hal qiluvchi 5-partiyada esa oq donalarda o‘ynagan Nakamura g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Nakamura musobaqa g‘olibi sifatida 150 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi. 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Yan Nepomnyashiy 85 000, 3-o‘rin sohibi Magnus Karlsen 55 000 dollar bilan taqdirlandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shaxmat

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing