Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 3-turda ham g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning asosiy jamoalari raqiblaridan ustun keldi.

Erkaklar terma jamoalari:

  • O‘zbekiston-1 – Avstriya: 3:1;
  • O‘zbekiston-2 – Germaniya: 1.5:2.5;
  • O‘zbekiston-3 – Marokash: 3.5:0.5.

Ayollar terma jamoalari:

  • O‘zbekiston-1 – Indoneziya: 3:1;
  • O‘zbekiston-2 – Ispaniya: 1:3;
  • O‘zbekiston-3 – Saudiya Arabistoni: 4:0.

Ma’lumot uchun, 3 ta turdan so‘ng Ruminiya jamoasi 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan. Shuningdek, joriy turdan keyin AQSH jamoasi 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 6 ochko bilan 5-pog‘onadan o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing