Shaxmat bo‘yicha 18 ming dollarlik turnirda O‘zbekiston vakillari g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Toshkent shahrida sovrin jamg‘armasi 18 ming dollarni tashkil etuvchi “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada O‘zbekistondan tashqari, qo‘shni mamlakatlar  Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan jami  57 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan O‘zbekiston vakili Shamsiddin Vohidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 2-o‘rin ham mezbonlar shaxmatchisiga nasib etdi. Ortiq Nig‘matov kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, qozog‘izistonlik Azamat Utegaliyev bronza medalga ega chiqdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Nilufar Yoqubboyevaga teng keladigan raqib topilmadi. U 5,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 

Jamoaviy hisobda 1-o‘rin O‘zbekiston vakillariga nasib etdi. Qozog‘iston va Tojikiston shaxmatchilari mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing