Shaxmat. Abdusattorov yana azaliy raqibi bilan to‘qnash keladi
Sport
−
30 Oktabr 2022
11430Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida shaxmat bo‘yicha "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasining yarim finalida imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorovning 3-o‘rin uchun kechadigan bahsdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Abdusattorov yarim finalda amerikalik Xikaru Nakamuraga imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekiston vakili 3-o‘rin uchun kurashda azaliy raqibi norvegiyalik Magnus Karlsen kuch sinashadi. Magnus Karlsen FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bugun, 30 oktyabr kuni Nakamura va Nepomnyashiy g‘oliblik uchun dona surishsa, Abdusattorov Karlsen bilan bronza medali egasini aniqlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada 3-o‘rin sohibi 55 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi