Shahzoda Uilyamning rejalari ma’lum bo‘ldi
Olam
−
07 may 2021
3807Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi, Kembrij gersogi Uilyam mamlakatdagi tizimni qanday modernizatsiya qilish haqida allaqachon o‘ylab qo‘ygan.
39 yoshli shahzoda "taxtga rasmiy ravishda otasi Charlzdan keyin ikkinchi o‘rinda tursa ham", monarxiyaning kelajagi va u amalga oshiradigan o‘zgarishlar to‘g‘risida rejalar tuzib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, Uilyam protokol va urf-odatlarni hurmat qilsa-da, xalq bilan yanada yaqinroq aloqa o‘rnatishni o‘z vazifasi deb biladi.
"U va uning rafiqasi Keyt birgalikda qirollik oilasini o‘rab turgan ochiqlik va maxfiylik pardasi o‘rtasida sog‘lom muvozanat o‘rnatdi. U diqqat markazida bo‘lish vazifasining bir qismi ekanligini tushunadi", deyilgan xabarda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, shahzoda qirol lavozimini egallashni katta sharaf va imtiyoz deb biladi.
"U uchun birinchi o‘rinda har doim monarxiya va oilasi turadi", deyilgan manbada.
Xulosa qilinishicha, yillar davomida Uilyam taxtga "loyiq ekanini ko‘proq isbotlagan".
LiveBarchasi