G‘azodagi janglar tezroq to‘xtatilishi kerak – Britaniya shahzodasi
Olam
−
20 fevral
4757Buyuk Britaniya taxt vorisi shahzoda Uilyam G‘azodagi janglar "imkon qadar tezroq" to‘xtatilishi kerakligini aytdi. Bu haqda "Politico" nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qirollik oilasi a’zosi kamdan kam holatlarda xalqaro muammolarga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi. Bu esa G‘azodagi vaziyatning qanchalik tahlikali ekanini ko‘rsatadi.
"Men, boshqalar singari urushning imkon qadar tezroq tugashini xohlayman. Ayni damda G‘azo insonparvarlik yordamiga muhtoj. U yerga kerakli yordamning yetib borishi va garovga olinganlarning ozod etilishi juda muhim”, deydi qirol Charlz III ning to‘ng‘ich o‘g‘li seshanba kungi bayonotida.
"Politico"ga ko‘ra, Uilyamning ushbu bayonoti otasi saraton kasalligi bilan kurashayotgan paytda yangragan va shahzoda “Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaroning insoniylik chegarasidan chiqib ketayotgani"ga ishora qilgan.
Shuningdek, u Buyuk Britaniyada antisemitizm hodisalari keskin oshganini muhokama qilish uchun kelasi hafta sinagogaga tashrif buyurishini ham qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II vafoti va buning natijasida yangi unvonlarni qo‘lga kiritgandan so‘ng milliarderga aylangani haqida yozgandik.
LiveBarchasi