Shahrisabzdagi bog‘chada 8 yoshli bola vafot etgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan bola ustiga shisha bo‘laklari tushib, vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Viloyat prokuraturasi Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ish bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mazkur MTTga qatnamaydigan 2014 yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra, qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.

Tushlik paytida opa-singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqqan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshigini ochib-yopib o‘ynagan. Oqibatda hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. 

Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X. jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotishi sabab vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha Qashqadaryo

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing