Shahrisabzda o‘quvchilarga jismoniy tarbiya darsi poli chirigan sport zalida o‘tilmoqda

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida maktab o‘quvchilari poli chirib ketgan sport zalida shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari va tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan ta’lim muassasasi Shahrisabz tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabi “G‘ilon” MFYga qarashli “G‘ilon” qishlog‘ida joylashgan.

Maktab 1967 yil qurilgan va 2014 yilda 200 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilgan. Mavjud 2 ta 240 o‘rinli  o‘quv binolari mukammal ta’mirlangan.

2019 yilda maktab filialiga Investitsiya davlat  dasturi asosida 96 o‘rinli o‘quv binosi qurilgan.Jami quvvati bugungi kunda 776 o‘quvchi o‘rinli, o‘quvchilar soni 557 nafar, navbatlilik koyeffitsenti 0,7 foiz  va maktabning umumiy yer maydoni 1,75 ga ni tashkil etadi.

Maktabning 12x24 metr o‘lchamdagi sport zali 2007 yil qurilgan. Maktab tog‘li hududda joylashgani, yer osti suvlari yer yuzasiga yaqinligi, namgarchilik yuqoriligi natijasida sport zalining pol qismi juda tez vaqtda yaroqsiz holatga kelgan.

Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, maktab sport zalini birlamchi ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Shahrisabz

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing